Published August 5, 2022 | Version v1
Journal article Open

MILLIY G'OYANI YOSHLAR ONGIGA SINGDIRISHDA PSIXOLOGIK TRANSFORMATSIYALANISHI

Creators

Description

Millatning rivojlanishida milliy g‘oya beqiyos ahamiyatga ega. Milliy g‘oya millatning ichki rivojlanishi va kelajak sari intilishi hamda kurashlarining markazida bir kuch bo‘lib, millatning qaysi yo‘llar va qaysi maqsadlar orqali olg‘a intilishini ta’minlaydi. Milliy g‘oya sog‘lom fikrlaydigan har bir shaxs va fuqaroda milliy g‘urur-iftixor, or-nomusni uyg‘otadigan, o‘zlikni anglatadigan, xalqning maqsadi va orzu umidlariтш ro‘yobga chiqishiga kuch-qudrat beradigan, millatni harakatga keltiradigan qudratli omildir. Shu boisdan milliy g‘oyaning transformasiyon jarayonlariga uchrashi natijasida barkamol insonlar ongida ezgulikka yo‘g‘rilgan bunyodkor g‘oyalarning yanada shakllanishiga va rivojlanishiga xizmat qilishi lozim. Shundagina biz istiqbolda milliy g‘oya asosida barkamol insonni, sog‘lom fikrlaydigan avlodni tarbiyalashga erishamiz. Zero, jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir.

Files

180-187.pdf

Files (241.0 kB)

Name Size Download all
md5:8800676d8670f33b49ba6735144b1588
241.0 kB Preview Download