BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV KOMPITENTLIK SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI
Keywords:
o‘qituvchi, pedagogik qobiliyat, kommunikativlik, shaxsiy sifatlar, intellektual kompetentlik, intellektual-korporativ kompetentlikAbstract
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kommunikativ
kompitentlik namoyon etilishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida mulohaza
yuritilgan. Ta’lim muassasalarida har bir oʻquvchi shaxsiga, uning guruhdagi
mavqyeiga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillarga jiddiy e’tiborni qaratish orqali
bugungi kunda oʻsib kelayotgan yosh, bunyodkor avlodni jamiyat istiqbollari uchun
yetarli darajada fidoiy, vatanparvar va xalqparvar qilib tarbiyalash masalasi bugungi
kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy
pedagogikamizda pedagogik kompetentli o‘qituvchilik faoliyatini sifatli va samarali
tashkil etilishini ta’minlovchi omil sifatida qaraladi. Bugungi kunda o‘qituvchining
kompetentligi qaysi mezonlar bilan belgilanishini o‘rganish muhim bo‘lmoqda .