RESPUBLIKAMIZDA YETISHTIRILAYOTGAN BUG‘DOY DONLARINING FIZIK-KIMYOVIY KO‘RSATKICHLARINING TAHLILI

Authors

  • Erkinjon Komil o‘g‘li Raxmonov Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali
  • Feruz Shuxrat o‘g‘li Qobilov Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali
  • Xasan To‘xli o‘g‘li Berdimuradov Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali

Keywords:

kleykovina, fizik-kimyoviy xossalari, bug‘doy, harorat, oqsil, un tortish, nonvoylik xossalari, texnologik xossalari.

Abstract

Respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini asosiy miqdorini bug‘doy doni tashkil qiladi, sababi xalqimizning asosiy ozuqa mahsuloti sifatida non hisoblansa, uning asosiy xomashyosi bug‘doy hisoblanadi. Bu’doy donlari ekilish mavsumiga ko‘ra ikki turga: kuzgi va bahorgi; konstentsiyasiga ko‘ra esa yumshoq va qattiq bug‘doy turlariga bo‘linadi. Respublikamizda asosan yumshoq bug‘doy navlari yetishtiriladi. Ulardan asosan non va non mahsulotlari ishlab chiqarilsa, qattiq bug‘doydan makaron mahsulotalari ishlab chiqariladi.

So‘nggi yillarda respublikamizda bug‘doy yetishtirishning qishloq xo‘jalik texnologiyasi yaxshilandi, o‘g‘itlardan foydalanish ko‘lami oshib bormoqda, sug‘orish sharoitlari takomillashib, intensiv turdagi navlari paydo bo‘ldi. Ammo yildan yilga aholini sonining o‘sishi mahsulotga bo‘lgan talab darajasini oshishiga olib kelmoqda. Bug‘doyni yetishtirishda biz asosan mahalliy tabiiy o‘g‘itlardan emas, kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanish ko‘rsatkichi yuqoriligi ham donning sifat darajasiga bir muncha salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Hozirgi kunda yer yuzida iqlim o‘zgarishlari ham yetishtirilayotgan o‘simlikdan yuqori darajada mahsulot olishga to‘sqinlik qilmoqda, sir emaski bu iqlim o‘zgarish bizga ham salbiy ta’sir etmoqda. Don mum pishish davriga o‘tgan vaqtda bizda harorat keskin ortishi kuzatiladi va o‘simlikka yetarli darajada namlik yetib kelmasligi natijasida oladigan mahsulotimiz yetilmagan (puch) bo‘lib qoladi. Shuning uchun biz har bir jarayonni chuqur o‘rgangan holatda xalqimiz iste’moli uchun sifatli bo‘lgan bug‘doy donini navlarini yaratish va yetishtirishni yo‘lga qo‘yishimiz shart

 

References

Keldiyorova Xurshida Xudoyorovna. Bug‘doy fiziologiyasi va biokimyosi: o‘quv qo‘llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2021. - 300 b.

Xoshimov F., Ortiqov T., Boboyeva N. Mineral va organik oʻgʻitlarning magniy karbonatli shoʻrlangan tuproqlar agrokimyoviy xossasi va kuzgi bugʻdoy hosildorligiga taʼsiri // AGRO ILM. -Toshkent, 2011. -№ 1(17).

Xapova S.A. Sistema udobreniya selskoxozyaystvennыx kultur: metodicheskaya razrabotka dlya provedeniya prakticheskix zanyatiy studentam, obuchayuщimsya po napravleniyu “Agroximiya i agropochvovedeniye”, s kvalifikatsiyey (stepenyu) vыpusknika “bakalavr selskogo xozyaystva”, spetsialistam agropromыshlennogo kompleksa, fermeram i ovoщyevodam. -Yaroslavl: IPK Indigo, 2014. -198 s.

Sattorova, K. A. qizi, & Raxmonov, E. K. o‘g‘li. (2022). NON MAHSULOTLARINI SIFATINI OSHIRISHDA QO‘LLANILADIGAN QO‘SHIMCHALAR. INTERNATIONAL CONFERENCES, 1(1), 29–31. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/cf/article/view/230

Mamadiyorov F., Yodgorov N., Meyliyev A. Fallachilikda tuproqdagi kaliy miqdorining ahamiyati // AGRO ILM. -Toshkent, 2016. -№1 (39). -B. 9.

Xasan To‘Xli O‘G‘Li Berdimuradov, Erkinjon Komil O‘G‘Li Raxmonov NAVLI UN TORTISHDA BUG‘DOY NAVLARINI TANLASH VA ASOSLASH // CARJIS. 2022. №10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/navli-un-tortishda-bug-doy-navlarini-tanlash-va-asoslash (дата обращения: 29.03.2023).

Ravshanov B.Ch. (2022) Donning fizik -kimyoviy xossalarining mahsulot unumdorligi va sifatiga ta'siri. Science and Innovation International Scientific Journal 1(8), 209-213.

Downloads

Published

2023-04-10

How to Cite

Raxmonov , E. K. o‘g‘li, Qobilov , F. S. o‘g‘li, & Berdimuradov , X. T. o‘g‘li. (2023). RESPUBLIKAMIZDA YETISHTIRILAYOTGAN BUG‘DOY DONLARINING FIZIK-KIMYOVIY KO‘RSATKICHLARINING TAHLILI. ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSIYA, 2(2), 95–101. Retrieved from http://ilmiytadqiqot.uz/index.php/iti/article/view/144